
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi chorak finalida “Real Madrid” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoasi va muxlislar uchun unutilmas so‘zlar bildirdi.
“Bu kecha — mening futbol faoliyatimdagi eng unutilmas kechalardan biri. Jamoam bilan faxrlanaman. Biz bugun shunchaki g‘alaba qozonmadik — biz futbol tarixidagi eng buyuk jamoalardan birini musobaqadan chiqardik”, — dedi Arteta.
Murabbiy “Arsenal”ning psixologik ustunligi va ishonchi haqida ham gapirdi:
“Chorak finalga tayyorgarlik paytida jamoamga to‘liq ishondim. Ular maydonda har bir daqiqada bunga loyiq ekanini namoyish qilishdi. 15 marta YECHL g‘olibi bo‘lgan jamoani mag‘lub etish – bu katta ishonch va yangi maqsadlar sari qadamdir.”
“Arsenal” endi yarim finalda. Bu jamoa uchun yutuq bo‘lish barobarida, Yevropa grandlari orasida o‘z o‘rni borligini yana bir bor isbotlash demakdir.