Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishi muqarrar ekanini ta’kidladi. U 18 mart kuni Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) qurultoyida so‘zlab, hukumat va Markaziy bank iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun choralar ko‘rishi kerakligini bildirdi.
Iqtisodiyotda sovish xavfi
Putin Rossiya yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2024 yilda 4,1 foizga o‘sganini e’tirof etdi, ammo bu o‘sish doimiy emasligini va iqtisodiyot soviy boshlaganini ta’kidladi. «Markaziy bank bir ko‘rsatkichni ko‘rsatadi, hukumat va Iqtisodiy rivojlanish vazirligi boshqa raqamlarni taqdim etadi. Ularga ko‘ra, o‘sish 2-2,5 foiz bo‘ladi. Qulash yoki haddan tashqari sovishdan qochish uchun harakat qilishimiz kerak», – dedi Putin.
Prezident bu masala nozik ekanini va uni muhokama qilish yig‘ilishni uzoq muddatga cho‘zishini ta’kidladi. «Buni muhokama qila boshlasak, tungacha yig‘ilishimiz mumkin», – deya qo‘shimcha qildi u.
Iqtisodiy inqiroz xavfi va inflyatsiya darajasi
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi 2025 yilda iqtisodiyot o‘sishi 4,1 foizdan 2-2,5 foizga tushishini taxmin qilmoqda. Markaziy bank esa bundan ham past o‘sish – 1-2 foiz darajasida bo‘lishini kutmoqda. Shu bilan birga, inflyatsiya ko‘rsatkichi maqsadli 4 foizdan ancha yuqori – 7-8 foiz atrofida qolishi taxmin qilinmoqda.
Harbiy sanoat va iqtisodiy kelajak
Xalqaro ekspertlar Rossiya iqtisodiyotining jadal rivojlanishi asosan harbiy sanoat bilan bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, bu o‘sish uzoq muddatli bo‘lmaydi va Rossiya iqtisodiyoti qizib ketish alomatlarini ko‘rsata boshlagan. Bunday sharoitda iqtisodiyotni uzoq muddatli barqarorlashtirish uchun hukumat va Markaziy bank jiddiy choralar ko‘rishi talab etiladi.
Putinning bu ogohlantirishi Rossiya oligarxlari va yirik sanoat rahbarlari uchun jiddiy signal bo‘lib, ular iqtisodiy inqiroz xavfini yumshatish uchun yangi strategiyalarni ko‘rib chiqishi zarur.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Trampning ehtiyotsizligi AQSH fond bozorini qulatdi — AQSHda krizis xavfi bormi?
Investorlarni Trampning oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lgan savdo siyosati tobora ko‘proq xavotirga solmoqda. Bu siyosat global ta’minot zanjirlari barqarorligiga tahdid qilmoqda. Oq uyning

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari

AQSH, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi resurs kelishuvining nimasi g‘alati?
Jitomir oblastidagi titan kareri. Foto:Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA Rossiya-Ukraina urushida tinchlikka erishish masalasi ko‘p jihatdan nodir yerosti metallarini qazib olish bo‘yicha