
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi chempionlikni muddatidan oldin qo‘lga kiritgan "Liverpul" klubini olqishlar bilan kutib olishini tasdiqladi. Ushbu jarayon futbol olamida "chempionlik yo‘lagi" sifatida mashhur bo‘lib, chempionlikni muddatidan oldin ta’minlagan klub uchun hurmat belgisi sifatida tashkil qilinadi.
"Alar bu mavsumdagi eng kuchli va eng barqaror jamoa bo‘ldi. "Liverpul" bu chempionlikka haqli ekanligini namoyish etdi. Murabbiy Arne Slot va uning shtabini alohida e’tirof etish kerak, ular juda yaxshi ish olib borishdi. Bu sport va doimo sizdan yaxshiroq natija ko‘rsatgan raqibni hurmat qilishingiz zarur", – dedi Mikel Arteta matbuot anjumanida.
APLning 36-turida "Arsenal" "Liverpul"ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazadi. "Liverpul" ushbu bahsgachayoq chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘ldi va jamoa futbolchilari maydonga chempion sifatida tushishadi. Hozirda "kanonirlar" esa turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va ushbu mavsumdagi eng asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan mersisaydliklarga munosib qarshilik ko‘rsatish niyatida.
"Liverpul"ning bu mavsumdagi ustunligi va kuchli o‘yini chempionlik yo‘lida hal qiluvchi omil bo‘ldi. Arne Slot jamoasi mavsum davomida barqaror va juda samarali futbol namoyish etib, chempionlikka mutlaqo loyiqligini isbotladi.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" jamoasi bu mavsumda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib, kuchli ikkinchi o‘rinda bormoqda va kelasi mavsumdagi Chempionlar Ligasi uchun o‘ziga joyni kafolatlab bo‘lgan.
Ikki kuchli klub o‘rtasidagi o‘yin muxlislar uchun alohida qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Ayniqsa, "Arsenal"ning chempion jamoaga ko‘rsatayotgan hurmati futbol olamidagi yaxshi an’analardan biri hisoblanadi va bu uchrashuvga qo‘shimcha rang bag‘ishlaydi.