
2025-yilning birinchi choragida O'zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 36,4 trln so'mga yetib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 19,6% ga oshdi, deb Kursiv.media xabar berdi.
Eng katta ulush Toshkent shahriga to'g'ri kelib, umumiy bozorning 59,7% ni tashkil etdi. Bu hududdagi yillik o'sish 24,4% ni tashkil etdi.
S&P Global Ratings tahlilchilari O'zbekistonda moliyaviy xizmatlarning raqamlanishi o'sishini prognoz qilmoqda. Bu jarayonga mobil va internet aloqalarining kengayishi hissa qo'shmoqda.