13-aprel kuni Turkiyada metroda ayolni ruxsatsiz suratga olgan o‘zbekistonlik fuqaro deport qilindi va jarimaga tortildi, deb nova24.uz xabar berdi.
Turkiya huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan ayol bu holatdan shikoyat qilgan. O‘zbekistonlik erkak qo‘lga olinib, unga nisbatan tergov harakatlari boshlangan. Natijada uning ish ruxsati bekor qilinib, shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik aybi bilan mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Jazo dastlab yanada og‘ir bo‘lishi — jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq jazosi berilishi mumkin edi. Ammo O‘zbekiston Bosh konsulligi aralashuvi tufayli jarima va deportatsiya bilan cheklandi.
Yana 2024-yildayoq Istanbuldagi Bosh konsullik o‘zbekistonliklarni ogohlantirib, ruxsatsiz suratga olish yoki video olish qonunga xilof ekani haqida eslatma bergan edi.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik

Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
2024 yil dekabrida Suriyada Asadlar rejimining ellik yillik hukmronligi yakun topdi. Ko‘plab suriyaliklar erkinlikdan bahramand bo‘lishda davom etmoqda, biroq mamlakat barqarorlikka erishdi, deb

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy