[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+33°
ясно ветер 2.1 м/с, С

Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga qulab tushdi

Dunyo 49
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga qulab tushdi
Foto: Alaska National Guard
Amerikaning Alyaska shtatida samolyot muzlagan ko‘l ustiga qulab tushdi. Havo kemasi ichida bo‘lgan uchuvchi va ikki bola 12 soat davomida samolyot qanotida o‘tirib, qutqaruvchilarni kutdi, deb yozadi Bild.

Qayd etilishicha, Piper PA-12 Super Cruiser yengil motorli samolyoti 23 mart kuni kechquruq radarlardan yo‘qolib qolgan.

Qidiruv ishlari darhol boshlangan, ammo talafot signali yo‘qligi sabab samolyotni topish oson kechmagan. Baxtli tasodif tufayli qutqaruvchilar mobil telefon signaliga e’tibor qaratgan va Kenay yarimorolidagi Tustumena ko‘li hududini ko‘zdan kechirishga qaror qilgan.

Haqiqiy mo‘jiza ertasi kuni yuz bergan: Terri Godeser ismli uchuvchi Facebook orqali qidiruv ishlaridan xabar topgan va samolyot qoldiqlariga duch kelgan.

«Bunga qarash men uchun azob edi: yaqinroq uchib borganimda, qanotda o‘tirgan uch kishini ko‘rdim. Ular tirik edi va menga qo‘l silkitardi», — deydi u.

Falokatga uchragan samolyotni erkak boshqargan, u bilan birga bortda ikki nafar voyaga yetmagan bola ham bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oila Skilak ko‘li tomon parvoz qilgan.

Qutqaruvchilar uchala fuqaroga ham yordam ko‘rsatib, ularni shifoxonaga yetkazgan, halokat sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Kim Chen In atom suvosti kemasi qurilishini ko‘zdan kechirdi
Kim Chen In atom suvosti kemasi qurilishini ko‘zdan kechirdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning strategik mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida yangi atom suvosti kemasi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar
Dunyo 19:29, 8-03-2025
Chiroyli turmushning xunuk yakuni va ikkinchi urinishda topilgan baxt: xonanda Ruxshona 31 yoshda
Chiroyli turmushning xunuk yakuni va ikkinchi urinishda topilgan baxt: xonanda Ruxshona 31 yoshda
Xonanda Ruxshona 21 mart kuni 31 yoshni qarshi oldi. Hamisha baxtlidek ko‘rinadigan xonandaning ham o‘ziga yarasha muammolari va armonlari bor. Siz bolalik travmalari bilan ulg‘aygan, erta mehnat
Madaniyat 09:28, 26-03-2025
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Hind okeanida 11 yil avval yoʻqolgan samolyotni qidirish ishlari qayta boshlandi
Hind okeanida 11 yil avval yoʻqolgan samolyotni qidirish ishlari qayta boshlandi
Foto: AP Avstraliyaning gʻarbiy qirgʻoqlarida 2014 yil 8 martda yoʻqolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-200 samolyotini qayta qidirish ishlari boshlandi. Kuala-Lumpurdan
Dunyo 17:45, 25-02-2025
Badavlat shahzodalarga turmushga chiqsa-da baxtli bo‘la olmagan mashhur ayollar
Badavlat shahzodalarga turmushga chiqsa-da baxtli bo‘la olmagan mashhur ayollar
Ko‘pchilik uchun shahzoda bilan turmush qurish haqiqiy ertakday tuyuladi. Hashamatli saroylar, qimmatbaho taqinchoqlar va shohona hayot baxt garovi deb o‘ylashadi. Ammo tarix shuni ko‘rsatadiki,
Dunyo 22:50, 9-03-2025